O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Guliston davlat universitetida Rossiya universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi ochiladi
2019-03-19 | Ta’lim
2018-yilning 18-19-oktabr kunlari Oʻzbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari tashabbusi bilan yurtimizda birinchi marotaba Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi oʻtkazilgan edi.
Mazkur forum doirasida Guliston davlat universiteti Rossiyaning Qozon federal universiteti bilan ”2+2” qoʻshma taʼlim dasturini ochish boʻyicha shartnoma imzolangan edi.
Shartnoma boʻyicha 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Guliston davlat universitetida ochilishi kutilayotgan qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazish va hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Guliston davlat universiteti delegatsiyasi 2019-yilning 14-mart kuni Rossiyaning Qozon shahriga joʻnab ketishdi. Delegatsiyaga universitet rektori M.T.Xodjiyev rahbarlik qilmoqda.
2019-yilning 15-mart sanasida Guliston davlat universiteti delegatsiyasi Qozon federal universiteti rektori I.R.Gafurov boshchiligidagi Qozon federal universiteti delegatsiyasi bilan muzokaralar oʻtkazdi. Unda Qozon federal universitetining salohiyati, bugungi kundagi mavjud taʼlim yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Hamkorlikning keyingi bosqich masalalari muhokama etildi.