O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Madaniyat vazirining navbatdagi ijro intizomi boʻyicha yigʻilishi
2019-03-19 | Madaniyat
Joriy yilning 18-mart kuni Madaniyat vazirligida navbatdagi ijro intizomining bajarilishi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda asosan Baxtiyor Sayfullayev Davlat Rahbari va Hukumatimizning topshiriqlari asosida bajarilayotgan ishlarni tahlil qildi.
Barcha vazirlikning markaziy apparati xodimlari, shu bilan birga, tizim tashkilotlarining rahbarlari oʻz yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni hisobotini berishdi. Ijro intizomini oʻz vaqtida bajarmagan rahbarlarga nisbatan intizomiy jazolar qoʻllanildi.
Oʻz vaqtida ijro etilgan har bir hujjat amaldagi jarayonni unumdorligiga olib kelishi aniq.
Shuningdek, Madaniyat vaziri oʻz nutqida Koreya, Malayziya va Singapur davlatlarida boʻlgan xizmat safari taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi. U davlatlarda kelishilgan hamkorlik kelishuvlari masalalari yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi.