O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Oʻzarxiv” agentligi delegatsiyasi Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat arxivlariga tashrif buyurdilar
2019-03-18 | Jamiyat
Joriy yil 11-13 mart kunlari Turkiya Respublikasining Istambul shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat arxivlari bosh direksiyasi oʻrtasida 2019-2020 yillarda madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir kelishuvlarni amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha AMALIY XARAKATLAR REJASIni imzolash hamda Turkiya Respublikasi davlat arxivlari faoliyati bilan tanishish va tajriba almashish amalga oshirildi.
Mazkur rasmiy tadbir ikki davlat orasida arxiv sohasida 2018 yilda imzolangan oʻzaro hamkorlik yuzasidan Bayonnoma doirasida amalga oshirildi.
Rasmiy tadbir doirasida imzolangan AMALIY XARAKATLAR REJASIning har bir bandi oʻzaro muhokama etilib, amalga oshirish mexanizmlari kelishib olindi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Turkiya davlat arxivlari, xususan Turkiyada eng yirik va boy hisoblangan Usmoniylar arxivi faoliyati bilan tanishtirildi.
Shuningdek, joriy yilda Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat arxivlari bosh direksiyasi bilan hamkorlikda Turkiya va Oʻzbekiston davlat arxivlarida saqlanayotgan tomonlar tarixiga oid arxiv hujjatlari asosida toʻplam nashr etish va xalqaro koʻrgazma uyushtirish rejalashtirildi.