O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ekspert-kriminalistika sohasida oʻzaro tajriba almashildi
2019-03-17 | Jamiyat
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻi polkovnik N.Galipshin Rossiya Federatsiyasi IIV vakili Ye.Fedotov hamda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonasining ikkinchi kotibi I.Prokopenko bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida oʻqotar qurollarning oʻq-gilzateka laboratoriyalari va DNK maʼlumotlar bazalarini jihozlash va yuritishdagi Rossiya Federatsiyasi IIVning ilgʻor ish tajribasini oʻrganish masalalari muhokama qilindi.
Kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan Rossiya Federatsiyasi IIV Ekspert-kriminalistika markazi bilan ekspert-kriminalistika faoliyatiga oid ikki tomonlama memorandum imzolanishi imkoniyatlari yuzasidan taklif bildirildi. Shuningdek, mazkur tadbir jarayonida tomonlarni qiziqtiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.