O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taʼlim – mamlakat taraqqiyotini taʼminlaydigan, uni yangi bosqichga koʻtaradigan muhim tizim

2019-03-17 | Ta’lim

2019-yil 16-mart kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Davlat maslahatchilari, Hukumat vakillari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalari, xorijiy OTMning filiallari rahbar xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini oʻrganish va keng jamoatchilik oʻrtasida targʻib etishga bagʻishlangan ilmiy-ommabop qoʻllanmaning taqdimoti bilan boshlandi.

Mamlakatimizning 2019-yildagi taraqqiyotining asosiy yoʻnalish va mazmunini belgilab bergan ushbu Murojaatnoma oʻzining maʼno-mazmuni, tarkibiy tuzilishiga koʻra gʻoyat serqirra va keng koʻlamlidir.

Biz 2019-yilda xalqimiz, mamlakatimiz oldida qanday muhim vazifalar turganini har tomonlama chuqur anglab, ularni amalga oshirishda faol ishtirok etish, bu ulugʻ ishga oʻz hissamizni qoʻshish uchun avvalo ushbu Murojaatnomaning maʼno-mazmunini oʻrganib, tushunib olishimiz kerak. Bu bizga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidagi oʻz oʻrnimizni aniq belgilab olishga yordam beradi.

Ana shularning barchasini inobatga olib, mamlakatimizdagi nufuzli oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat olib borayotgan tajribali olimlar, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan Murojaatnomani oʻrganish boʻyicha qoʻllanma tayyorlandi. Ushbu qoʻllanma mazkur yoʻnalishdagi dastlabki urinish, yangi tajriba boʻldi.

Tadbir davomida iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilgʻor ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustahkamlash hamda tegishli hududiy va tarmoq muammolarini hal qilishda ularning faol ishtirokini taʼminlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, xalqaro miqyosda mamlakat ilm-fani nufuzini oshirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Qayd etib oʻtilganidek, Murojaatnomada talabalar qabulining soddalashgan tizimini joriy etish orqali qabul jarayonining kvota tizimidan davlat buyurtmasi va tabaqalashgan toʻlov-kontrakt tizimiga oʻtish zarur. Oliy taʼlim muassasalarining xalqaro nufuzini oshirish, pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik faoliyatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida markazlashgan moliyalashtirishdan oʻzini oʻzi moliyalashtirish hamda iqtisodiy mustaqil tizimga oʻtish vazifasi qoʻyildi.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish sohasi bilan hamkorlikda tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba-ishlab chiqarish va innovatsiya markazlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Boʻlib oʻtgan yigʻilishda 2019-yilda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish maqsadida ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish borasidagi soha oldida turgan vazifalar muhokama etilib, tegishli vazifalar belgilab olindi.

Поделиться