O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv to‘g‘risida
2019-03-16 | Siyosat
2019-yilning 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Abdualiyev «Kanimed Alles Sag'lik Cozumleri A.S» turk kompaniyasi bosh direktori Filiz Erdog‘an bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Prezidentining 28-fevral – 1-mart kunlari Namangan viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlarini amalga oshirish doirasida Tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuvda Uchqo‘rg‘on tumanida zamovaviy Gemodializ va diagnostika laboratoriyasi markazini tashkil etishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida 18 mart kuniga turk delegatsiyasining viloyat va tuman hokimliklari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda bo‘lajak Markazning joylashuv o‘rnini va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa masalalarni o‘rganish uchun Uchqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurishi rejalashtirildi.
Hozirda «Kanimed Alles Sag'lik Cozumleri A.S» («Alles Sag'lik Group») kompaniyasi O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi ko‘magida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 1 mln. AQSh dollaridan oshiq miqdordagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani jalb qilgan holda laboratoriya-diagnostika markazini barpo etish ishlarini olib bormoqda. Hafta davomida turk delegatsiyasining keyinchalik laboratoriya uskunasini o‘rnatish maqsadida markaz binosida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun Termiz shahriga borishi belgilangan.