O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika oliy sudi sudyalarining Sayyor qabuli oʻtkazildi

2019-03-15 | Jamiyat

Odil sudlovga erishish darajasini oshirish fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini taʼminlashning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Sud organlari faoliyatidagi sayyor qabullarning tashkil etilishi bilan bogʻlik oʻziga xos jihatlar hududlarda sud munosabatlari jarayonlarida kuzatilayotgan turli muammo va kamchiliklarni hal etish imkonini bermoqda.

Respublika oliy sudi sudyalarining Buxoroda oʻtkazgan sayyor qabullarida fuqarolar va tadbirkorlarning jinoyat, maʼmuriy, fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʻyicha viloyat tuman va shahar sudlari tomonidan qabul qilingan sudlov qarorlari ustidan shikoyatlar va ommaviy huquqiy munosabatlarga oid murojaatlar koʻrib chiqilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Qabul davomidagi murojaatlarning aksariyatini fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, sud qaroridan norozi boʻlish, belgilangan jazoni yengillashtirish, meros, hamda uy-joy masalalari tashkil etdi.

Bundan tashqari, oʻtkazilgan sayyor qabul davomida xalqimizga xos boʻlgan insonparvarlik tamoyillari asosida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 5 nafar mahkumlar sud zalidan ozod qilinib, oilasi, oʻz yaqinlari bagʻriga qaytarildi, 1 nafar mahkumning jazo oʻtash tartibi yengillashtirildi.

Поделиться