O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Endi maktabda oʻqimaganga ham attestat beriladi” maqolasiga izoh

2019-03-15 | Ta’lim

Bir necha ommaviy axborot vositalarida “Endi maktabda oʻqimaganga ham attestat beriladi” mavzusida maqolalar chop etildi. Mazkur maqolalar boʻyicha Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi izohi:

Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasida umumiy oʻrta taʼlimning majburiy ekanligi belgilangan. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-sinfiga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi va umumiy oʻrta taʼlimning majburiy ekanligi inobatga olib maktablarga oʻquvchilar 18 yoshgacha jalb etiladi.

Shu bilan birga, oʻquvchilarning bilim olish huquqini taʼminlash va taʼlimning keyingi bosqichini davom ettirishiga imkoniyat yaratish maqsadida voyaga yetib, maktab yoshidan oshgan, turli sabablarga koʻra maktabni yakunlay olmagan yoki majburiy taʼlimga jalb etilmay qolgan 18 yoshga toʻlgan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarni topshirish huquqi beriladi. Yakuniy attestatsiyalarni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolargagina belgilangan tartibda maʼlumot toʻgʻrisida hujjat (shahodatnoma) beriladi.

Bu haqida Xalq taʼlimi vazirining 2015 yil 13 apreldagi “Eksternat toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 9-mh-sonli buyrugʻi (Adliya vazirligidan 2670 11.05.2015 yil roʻyxatdan oʻtgan ) qabul qilingan.

Shu oʻrinda Xalq taʼlimi vazirligi keng jamoatchilikka umumiy oʻrta taʼlimning majburiyligini yana bir bor eslatib oʻtadi. OAV vakillarini notoʻgʻri maʼlumotlarni chop etmaslikka chaqiradi.

Поделиться