O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Obod qishloq” dasturi amalda

2019-03-15 | Ta’lim

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani ”Gʻamxoʻr”MFYda joylashgan 23-sonli MTM Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisidagi PF-5386-sonli Farmoni hamda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3630-son qarori ijrosini taʼminlash doirasida barpo etildi.

Joriy yil 12 mart kuni Maktabgacha taʼlim vaziri A.V.Shin va vazirlik xodimlari ushbu maskanga tashrif buyurib, muassasadagi taʼlim jarayoni bilan tanishdilar va “Ilk qadam” dasturining amalda qoʻllanilishini kuzatdilar. Mazkur muassasa ”BAXT TЕKSTIL” MCHJ tomonidan homiylik asosida barpo etildi. MTM qurilishiga 1.65 mlrd soʻm miqdorda mablagʻ sarflangan. Ushbu MTM 2019 yil 20 yanvardan 23-sonli “Nastarin” davlat muassasasi sifatida faoliyat olib bormoqda. 60 oʻringa moʻljallangan MTMda ayni kunda 2 ta kuni uzaytirilgan guruhlar ishlamoqda. Muassasadagi xodimlar soni 18 nafar boʻlib, 7 nafar pedagog xodimdan 3 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislardir. MTMda haftaning juma kunlari “Ilk qadam” oʻquv dasturi doirasida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi. Shu kun ota-onalar bu yerda tashkil etilgan taʼlim tarbiya jarayonlari va ovqatlantirishni tashkil etish borasidagi ishlarni bevosita kuzatishlari mumkin.

Поделиться