O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kuvayt Milliy Assambleyasi parlamentlararo do‘stlik guruhi delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-03-15 | Siyosat

O‘zbekiston rivojlanishning bugungi bosqichida xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli va har tomonlama faol tashqi siyosat olib bormoqda. Xalqaro munosabatlarda parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani tashqi dunyo bilan faol hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 15 mart kuni Kuvayt Davlati Milliy Assambleyasining parlamentlararo do‘stlik guruhi delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuv ham buning isboti.

Mamlakatimiz parlamenti qo‘sh palatalari vakillari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda mehmonlarga Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Harakatlar strategiyasi asosida O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida so‘zlab berildi. 

Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida tadbirkorlik, biznes uchun qulay muhit yaratish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi daromadlarini ko‘paytirish maqsadida qonunchilikka o‘zgartishlar kiritilayotgani ma’lum qilindi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Kuvayt munosabatlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar cohalarda rivojlanib borayotgani, ammo bu tomonlarning imkoniyatidan past ekani ta’kidlandi. Shu bois parlament do‘stlik guruhi ishtirokida hamkorlikning yangi qirralarini ochish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga Kuvayt kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish, O‘zbekiston mahsulotlarini Kuvayt Davlatiga eksport qilish masalalari muhokama qilindi. 

Konstruktiv va amaliy ruhda kechgan uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma tadbirlar tashkil etish, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olindi.

Kuvayt Davlati Milliy Assambleyasining parlamentlararo do‘stlik guruhi delegatsiyasi bugun mamlakatimizning qator vazirlik va qo‘mitalarida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.

 

Matnazar Elmurodov, O‘zA

Поделиться