O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozogʻiston delegatsiyasi bilan uchrashuv
2019-03-15 | Siyosat
2019-yilning 14-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Toshkent xalqaro aeroportida tranzit bilan boʻlib turgan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jenis Qasimbek boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Qozogʻiston kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi va tadbirda Qozogʻiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.