O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti takomillashtirilmoqda

2019-03-14 | Iqtisodiyot

Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti tadbirkorlik subyektlari orasida allaqachon oʻzining munosib oʻrnini topib ulgurgan.

Zero, shaxsiy kabinet elektron soliq va moliyaviy hisobotlarni shakllantirish hamda joʻnatish, soliq va majburiy toʻlovlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulay virtual maydondir.

Lekin shunga qaramay, jismoniy shaxslar soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanishda faol emaslar. Buning asosiy sababi identifikatsiyalash uchun elektron raqamli imzoning talab qilinishi bilan bogʻliq. Tadbirkorlik subyektlaridan farqli ravishda aholining oddiy qatlami elektron raqamli imzodan kam foydalanadi.

Taʼkidlash joizki, ushbu xizmat koʻplab qulayliklarga ega. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali 24/7/365 rejimida soliq maʼmurchiligi bilan bogʻliq barcha hayotiy vaziyatlardagi savollarga yechim topish mumkin. Mobil qurilmalar uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetini toʻliq funksiyali talqini ham mavjud.

Shu jihatdan shaxsiy kabinet oʻzida katta imkoniyatni hosil qilib, soliq toʻlovchilarga tezkorlik tamoyili asosida soliq organlari bilan toʻliq elektron muloqot olib borishga sharoit yaratadi.

Hozirda aholi va biznes subyektlarini soliq organlari bilan oʻzaro elektron aloqasini yuqori darajada tashkil etish va samaradorligini yanada oshirish uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetini qayta koʻrib chiqishni taqozo etdi.

Bu yoʻlda ayni paytda tegishli ishlar boshlab yuborilib, 2019 yilning iyul oyi yakuniga qadar soliq toʻlovchilarga mukammal va toʻliq tarzda qayta ishlangan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetini taqdim etish maqsad qilingan.

Soliq toʻlovchining takomillashtirilgan shaxsiy kabineti konsepsiyasi doirasida uning tuzilishi va oʻziga xos dizaynini xorijning ilgʻor tajribasi hamda innovatsion gʻoyalar asosida ishlab chiqish maqsadida idoralararo ekspertlar guruhi ish olib bormoqda.

Foydalanuvchilarni qanday oʻzgarishlar kutmoqda?

Avvalo, bu oʻzgarishlar jismoniy shaxslar uchun ham juda muhim hisoblanib, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kirishda elektron raqamli imzo mavjudligini nazarda tutmaydigan identifikatsiyalashning muqobil usullaridan foydalaniladi.

Shaxsiy kabinetning asosiy sahifasi toʻliq qayta ishlab chiqilmoqda. Kabinetga kirgan paytning oʻzidayoq soliq toʻlovchining joriy holatdagi hisoblangan soliqlari va soliqlar boʻyicha qarzdorliklari hamda mavjud ortiqcha toʻlovlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar shakllanadi. Shuningdek, jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari va soliqqa tortiladigan obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham shakllantirilgan holda taqdim etiladi.

Shaxsiy kabinet tarkibida “Mening hujjatlarim”, “Mening hisobotlarim”, “Xizmatdan foydalanish” va “Xizmatlar koʻrsatilishi haqida” kabi bloklar tashkil etilib, ularning funksiyalari asosida bir nechta xizmatlar birlashtirilmoqda.

Soliq organlari bilan yozishmalar, elektron soliq hisobotlari va deklaratsiyalarni qabul qilish xizmatlarini koʻrsatish takomillashtirilib, ularning xizmat koʻrsatish imkoniyati yanada kengaytiriladi. Ushbu xizmatlardan faqatgina soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali foydalanibgina qolmasdan, mobil qurilmalardan foydalanish imkoniyati yaratilishi ham koʻzda tutilgan.

Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar hamda Elektron davlat xizmatlari tomonidan xizmat koʻrsatish natijalarini saqlaydigan elektron hujjat ombori yaratilmoqda. Bu oʻz navbatida, soʻralgan joylarga elektron hujjatlar nusxasini topshirish hamda hujjatning haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini taʼminlashga xizmat qiladi.

Bir soʻz bilan aytganda, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti takomillashtirilmoqda va bu soliq toʻlovchilarning oʻz majburiyatlarini yanada qulay shart-sharoitlarda bajarishlariga yordam beradi.

Поделиться