O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mongoliya Elchisi bilan uchrashuv

2019-03-14 | Siyosat

2019-yil 14-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mongoliya Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Luvsan Battulguni (qarorgohi Ostona shahrida) qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilib, Vazir Elchini yuqori va masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat chogʻida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashildi.

Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi muntazam maslahatlashuvlarni sakkiz yillik tanaffusdan soʻng davom ettirishga, turli jabhalardagi, jumladan BMT va Mongoliya kuzatuvchi maqomiga ega boʻlgan ShHT doirasidagi Oʻzbekiston – Mongoliya aloqalarini faollashtirishga qiziqish bildirildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilish chogʻida oʻzaro mahsulotlarni yetkazib berish hajmi va nomenklaturasini kengaytirish uchun tomonlarda mavjud salohiyatga eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda Mongoliya fuqarolarining 30 kun muddatgacha boʻlgan davrda mamlakatimizga tashrif buyurishlari uchun vizasiz tartibi joriy qilinganligidan kelib chiqqan holda turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Поделиться