O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – 2030: Oliy ta’lim muassasalari kelajagiga nazar

2019-03-14 | Ta’lim

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida shu mavzuda tadbir boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Innavatsion rivojlanish vazirligi va qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda muhokamalar O‘zbekiston – 2030: Oliy ta’lim kelajagiga nazar masalasi atrofida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Tadbirda Oliy Majlis deputatlari, vazirliklar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, innovatsiya va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, xorijiy ekspertlar, talabalar ishtirok etmoqda. 

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ochib berdi va mazkur tadbir ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. 

Kun bo‘yi davom etadigan tadbirda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda oliy ta’lim istiqbolini muhokama qilishadi. 

 

Inobat Ahatova, UzA

Поделиться