O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Singapur Respublikasiga tashrif buyurdi

2019-03-13 | Madaniyat

Madaniyat vaziri Malayziya mamlakatiga qilgan xizmat safaridan soʻng Singapur Respublikasiga tashrif buyurdi.

Singapur madaniyati oʻziga xos jozibasi bilan jahonga nom taratgan. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Singapur Respublikasi Madaniyat jamoatchiligi va yoshlar vaziri Greys Fu bilan uchrashdi. Greys Fu muloqot chogʻida Oʻzbekiston uning yuragidan alohida joy olgan mamlakatlardan biriligini eʼtirof etdi. Uning joʻshqinlanib gapirgan soʻzlari, yaʼni doim Oʻzbekistonga hurmat bilan qarashi va bunday jannatmakon yurtni hech bir davlatga oʻxshatib boʻlmasligini taʼkidladi. 

Uchrashuvda madaniy turizmni rivojlantirish, madaniy tadbirlarni tashkil etishda tajriba almashish, festivallarda ikki davlat fuqarolarining xususan, Singapur davlatida har yili fevral oyida oʻtkazib kelinayotgan “Chingay parad” festivalida mamlakatimiz vakillarining uzluksiz ishtirok etishlari, Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid koʻrgazma tashkil etish, “Espalanda” va boshqa tajribali teatrlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va uni rivojlantirish hamda Singapur davlatida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” madaniy dasturlarini muntazam oʻtkazish kabi masalalarning muhokamalari boʻlib oʻtdi.

LASALLE sanʼat kolleji rahbari Stiv Dikson bilan madaniyat sohasidagi taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va tajribalar bilan oʻrtoqlashish boʻyicha fikrlar almashishdi.

Uchrashuvdan soʻng, Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Singapurning diqqatga sazovor joylaridan boʻlmish Islom muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi Oʻzbekiston tarixiga oid manbalar bilan tanishdi.

Поделиться