O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Niderlandiya Elchisi bilan uchrashuv

2019-03-13 | Siyosat

2019-yilning 12-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Niderlandiya Qirolligining Favqulotda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Regina Veronika Mariya Jons-Bosni qabul qildi.

Elchi mamlakatimizga kelgan Niderlandiyaning nufuzli 40 ta eng yirik kompaniyalari delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Delegatsiya “Agro World-2019” 14-koʻrgazmasida ishtirok etadi, shuningdek, Toshkent shahri va Namangan viloyatida “Oʻzbekiston-Niderlandiya” agrobiznes forumlarini oʻtkazadi.

TIVda boʻlib oʻtgan suhbat davomida Oʻzbekiston-Niderlandiya aloqalarini, jumladan “Oʻzbekiston-Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, 2018-yilda ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmining 60% dan koʻproqqa oshishi, ikki davlat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi faol aloqalar va investitsion sohadagi istiqbolli loyihalar oʻzaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlikni bosqichma-bosqich kengaytirish uchun ulkan iqtisodiy, sanoat, texnologik, intellektual salohiyat mavjudligini tasdiqlaydi.

Zamonaviy turistizm infratuzilmasini yaratish, taʼlim sifatini oshirish, zarur mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashdagi Gollandiya tajribasini Oʻzbekistonga jalb qilish katta qiziqish uygʻotmoqda.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy siyosatning baʼzi muammolari ham koʻrib chiqildi.

Поделиться