O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Suv resurslari tozaligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi

2019-03-12 | Iqtisodiyot

2019 yil 12 mart kuni Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining suv ob'yektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlariga oid qismi Toshkent viloyatida ijro etilishini o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda qo‘mita a’zolari, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, mutaxassis va ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
 
Qayd etilganidek, oqindilarni tozalab berish va ulardan imkon qadar qayta foydalanish samarali yondashuv talab qiluvchi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Suv resurslari musaffoligini saqlash masalasiga har tomonlama kompleks yondashuvgina uzoq muddatli ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi. Bu borada ayniqsa sohaga aloqador qonun hujjatlariga og‘ishmay amal qilish, ularning ijrosi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini o‘rnatish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
Xususan, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari ham buni tasdiqlaydi. Qo‘mita tomonidan olib borilgan ishlar davomida aniqlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq viloyatlar “Suvoqova” DUK Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hududiy bo‘linmalarining tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan. Jumladan, bugungi kunda Toshkent viloyati tuman va shaharlarida “Suvoqova” DUKning 9 ta tozalash inshooti mavjud. Mazkur inshootlar 1953-1987 yillar oralig‘ida ishga tushirilgan bo‘lib, jami loyihaviy quvvati sutkasiga 436 ming m3 suv qabul qilishga mo‘ljallangan. Toshkent viloyatida barcha abonentlar soni 147133 ta, shundan 145686 tasi xonadon va 1447 tasi turli korxona, muassasa, tashkilotlardir. O‘rganish jarayonida viloyatdagi oqova suvlarni tozalash inshootlari bilan bog‘liq qator kamchiliklar aniqlandi.
 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 18 apreldagi Farmonida suv ta’minoti va kanalizatsiya ob'yektlarini rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanganligiga qaramay, mazkur vazifaning ijrosi yetarlicha ta’minlanmagan. Sohada vujudga kelgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rilmagan. Xususan, viloyatning markazlashgan oqova suv tizimiga faqat abonentlarning 22 foizi ulangan bo‘lib, Bo‘ka, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq, Chinoz tumanlarida oqova suv tarmoqlari umuman mavjud emas.
 
Majlisda ta’kidlanganidek, viloyatda faoliyat yuritayotgan suv tozalash inshootlarining aksariyatida asbob-uskunalar juda eskirgan, ayrimlari umuman faoliyat yuritmayotgan bo‘lsa-da, yon-atrofda joylashgan inshootlardan oqindi suvlar uchun mablag‘ undirish davom etilayotganganligi ta’kidlab o‘tildi. Eng achinarlisi, ayrim inshootlarga  kelib tushayotgan oqindi suvlar biologik, kimyoviy va mexanik tozalashdan o‘tkazilmasdan tarkibida ko‘plab zaharli moddalar bo‘lgani holda  viloyatdagi turli soylar, kanallar, daryolar va suv havzalariga oqizib yuborilmoqda. Ulardan hattoki fermer va dehqon xo‘jaliklari ekin maydonlarini sug‘orish, aholi esa ayrim maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanmoqda.  
 
Majlisda aytib o‘tilgan fikr-mulohazalar aniq misollar asosida tahlil qilinib, mutasaddi idoralarga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e’tibor qaratish va mazkur sohadagi mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish yuzasidan keskin choralar ko‘rish lozimligi uqtirildi. Jumladan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi  Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi suv tozalash inshootlarini jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish uchun takliflar tayyorlashi va Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilab olindi. 
 
Majlisda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining tegishli qarori qabul qilindi.

Поделиться