O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzsanoatqurilishbank va KEB Hana Bank oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi

2019-03-12 | Iqtisodiyot

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va KEB Hana Bank (Koreya Respublikasi) oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Hujjat ikki mamlakat banki mijozlari oʻrtasida pul oʻtkazmalari borasida hamkorlik rejasini birgalikda ishlab chiqish va marketingni ilgari surish, xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha muzokaralar olib borish, pul oʻtkazmalari bozori va meʼyoriy hujjatlar yuzasidan axborot almashish hamda bankning tarmoq mutaxassislari uchun oʻquv seminarlarini tashkil etishga qaratilgan.

KEB Hana Bankʼning Koreya pul oʻtkazmalari bozoridagi ulushi qariyb 60 foiz yoki 3,2 mlrd. dollarni tashkil etadi.

2018-yil holatiga koʻra, Koreya Respublikasida qariyb 70 ming oʻzbekistonlik migrantlar mavjud boʻlib, ularning deyarli yarmi mehnat muhojirlaridir. 2018-yilda ular uchun qulaylik yaratish maqsadida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan AQSh dollari va yevroda mazkur Koreya bankida “Nostro” korrespondentlik hisob raqamlari ochilgan.

KEB Hana Bank Oʻzbekiston uchun alohida “Vostro” hisob raqamlarini ochish uchun narxni hamda bankomatlar (easy-one service) va mobil ilovalar (mobile banking) orqali oʻtkazmalar uchun vositachilik miqdorini pasaytirdi. Masalan, har qanday pul oʻtkazmasi summasi uchun mijoz 8 ming koreya vonasi (7 AQSh dollari) miqdorida komissiya toʻlaydi. Bundan mustasno holatda, chunonchi, mobil ilova orqali 10 ming AQSh dollari (va/yoki undan yuqori miqdori)da pul oʻtkazmoqchi boʻlsa, mijoz 10 ming koreya voni (9 AQSh dollari) miqdorida komissiya toʻlaydi.

Maʼlumot uchun: KEB Hana Bank 1967-yilda tashkil etilgan. Aktivlar hajmi boʻyicha Janubiy Koreyada eng yirik bank hisoblanadi. Hozirgi kunda Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy Amerika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 24 mamlakatda 160 dan ziyod filiallarga ega. Bank oʻz mijozlariga keng turdagi bank xizmatlarini taqdim etadi.

2018-yil 31-dekabr holatiga bank aktivlarining umumiy hajmi 340,1 mlrd. AQSh dollariga teng, umumiy kapitali – 24,0 mlrd. AQSh dollar miqdorida. Hisobot davrida bank tomonidan mijozlarga 179,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida kredit ajratilgan. Koʻrilgan sof foydasi – 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Поделиться