O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Oʻzbekistonda papilloma virusiga qarshi yangi vaksinaning tatbiq etilishi: maqsad va kutilayotgan natijalar” mavzusida matbuot anjumani
2019-03-12 | Sog‘liqni saqlash
12 mart kuni soat 15:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzbekistonda papilloma virusiga qarshi yangi vaksinaning tatbiq etilishi: maqsad va kutilayotgan natijalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.
Tadbirda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) va BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi mutasaddilari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati ishtirok etadi.
Anjumanda bachadon boʻyni saratoni kasalligining respublikamizda tarqalishi, virus tufayli yuz berayotgan oʻlim holatlari, oldini olish choralari, emlash samaradorligi, yangi vaksinaning mamlakatimizga olib kelinishi, saqlanishi, uni tatbiq etish boʻyicha taqvimiy ish rejasi hamda tibbiy yordam sifatini yaxshilashga doir masalalar muhokama qilinadi.
Matbuot anjumaniga mutaxassislar, jurnalistlar, blogerlar taklif etiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
97 754 71 11