O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bokschilarimiz shohsupaga ko‘tarildi

2019-03-12 | Sport

Belarusning Gomel shahrida yoshlar o‘rtasida afsonaviy charm qo‘lqop ustasi Aleksey Yukov sovrini uchun o‘tkazilgan musobaqada bokschilarimiz 1 oltin va 3 kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Nufuzli turnirda Belarus bokschilaridan tashqari, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Litva, Ukraina, Qirg‘iziston hamda Moldovadan kelgan 250 nafardan ortiq charm qo‘lqop ustasi g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.

60 kilogrammgacha vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Husanjon Karimov finalda belaruslik Dimitriy Balkovga qarshi o‘tkazdi. Vakilimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Finalga qadar o‘z vazn toifalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Samandar Zafarov, Mirzabek Mirzaxalilov, Komiljon Yusupov kabi bokschilarimiz turnirning kumush medali bilan taqdirlandi.

 

J.Toshxo‘jaev, O‘zA

Поделиться