“XIII Tashkent Open” xalqaro shaxmat musobaqasi oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi
12-mart kuni poytaxtimizda O‘zbekistonning birinchi grossmeysteri – G.Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan “XIII Tashkent Open” xalqaro shaxmat musobaqasining 1-turi start oladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va “Central Chess Club” MChJ tomonidan tashkil etilayotgan mazkur an’anaviy musobaqa Respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabining maxsus binosida o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqaga bag‘ishlangan matbuot anjumani ertaga, soat 12:00da o‘tkaziladi. Musobaqaning ochilish marosimi esa soat 14:00ga belgilangan.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi barcha OAV xodimlarini matbuot anjumani va ochilish marosimiga taklif etadi.
Javohir Toshxo‘jaev, O‘zA