O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ikki tomonlama, o‘zaro manfaatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2019-03-07 | Iqtisodiyot

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasi ishchi organlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinlar olib borishdi. Tadbirda, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, muassasalari, tarmoq kompaniyalari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvning boshlanishida ishtirokchilarni Botir Xo‘jayev va  Maksim Oreshkinlar qutlasharkan, 2018-yil ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojida yangicha qadam tashlanganligini alohida qayd etishdi.

2018-yilning yakuni bo‘yicha O‘zbekiston bilan Rossiya davlati o‘rtasida tovar ayirboshlash 5,73 mlrd. dollar (+21,2%), shu jumladan: eksport - 2,19 mlrd. dollar (+8,6%), import - 3,54 mlrd.dollar (+30,6%)ni tashkil etdi.

2019-yilning yanvar-fevral oyida esa tovar ayirboshlash 877,4 mln. dollar(+1,7%), shu jumladan: eksport -  301,5 mln. dollar (+70,1%), import - 576,0 mln.dollar (-16,0%)ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov va  Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari E.Kamkinlar o‘z chiqishlarida shu yilning 6 martida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari to‘g‘risida muhokama qilishganliklarini ta'kidlab o‘tishdi. 

Agrosanoat majmuasi sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha  qabul qilinadigan chora-tadbirlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xo‘jayev hamda Rossiya Federatsiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari S.Levin so‘zga chiqdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari I.Ne'matov hamda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi V.Tyurdenevlar ushbu tadbir yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etishdi.

Поделиться