O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nukus shahrida ilk Prezident maktabini qurish ishlari boshlandi

2019-03-07 | Jamiyat

2019-yilning 7-mart kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida Prezident maktabining qurilishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi.

Tantanada Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Achilboy Ramatov, Bosh prokurori Otabek Murodov, Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Ibrohim Djurayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi raisi Musa Erniyazov, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Achilboy Ramatov, Musa Erniyazov va “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi rahbariSharap Usnatdinov Prezident maktabining poydevoriga kapsula qoʻyib, maktab qurilish ishlarini boshlab berdilar. Yangi maktab Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti oldidagi hududda quriladi.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 20 fevralida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Prezident maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarorni imzolangan edi. Hujjatga koʻra, Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Birinchi uchta maktab joriy yilda Nukus, Toshkent va Xivada ochilishi belgilangan edi. 2019 yilda Prezident maktablarini Namangan shahrida ham qurish boʻyicha qaror qabul qilindi. 2020-2021 yillar davomida mamlakatimizning boshqa viloyatlarida ham Prezident maktablari tashkil etiladi.

Ushbu maktablarga qabul qilish respublika taʼlim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga koʻra amalga oshiriladi.

Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi. Birinchi oʻquv yilida esa 5-10-sinflarining har bir maktab 144 nafardan oʻquvchi oʻqishga qabul qiladi.

Oʻquv jarayoni esa xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ingliz tilida amalga oshiriladi va “STEAM - taʼlim” (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - sanʼat, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.

Prezident maktabining 9-11-sinflarida taʼlim olish oʻquvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini, ayrim fanni tanlash va ularni oʻrganish darajasini inobatga olgan holda individual oʻquv jarayoni asosida amalga oshiriladi.

Prezident maktablari bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega boʻladilar, bu esa oʻz navbatida xorijiy oliy oʻquv yurtlariga kirish imkonini beradi.

Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi Prezident maktablariga qabul imtihonlarini tashkil etishi kutilmoqda.

Поделиться