O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Turkmaniston Ishbilarmonlar kengashining birinchi majlisiga tayyorgarlik koʻrilmoqda

2019-03-07 | Iqtisodiyot

2019-yilning 6-mart kuni Turkmaniston Savdo-sanoat palatasida Oʻzbekiston Elchisi Akmaljon Qoʻchqorov Palata raisi Orazmirat Gurbannazarov bilan uchrashdi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy sohadagi Oʻzbekiston-Turkmaniston hamkorligini yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov oʻrtasida oʻrnatilgan iliq va ishonchli muloqot ikki tomonlama hamkorlikni turli sohalarda kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi taʼkidlandi.

Hamkorlikning yangi platformasi boʻluvchi Oʻzbekiston-Turkmaniston Ishbilarmonlar kengashining tashkil etilishi buning yorqin tasdigʻidir. Ushbu kengash toʻgʻrisidagi bitim 2018-yil 23-aprel kuni oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar yakuniga koʻra imzolangan edi.

Taʼkidlanganidek, yangi shakl doirasidagi faoliyat ikki mamlakat ishbilarmon uyushmalari oʻrtasida samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, qoʻshma konferensiyalar va koʻrgazmalar tashkil etish, shuningdek, oʻzaro savdoni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakuniga koʻra Ishbilarmonlar kengashi birinchi majlisining kun tartibi va boshqa mazmuniy jihatlari muvofiqlashtirildi va tadbirni oʻtkazish muddati va joyini qisqa fursatda aniqlash boʻyicha kelishuvga erishdilar.

Поделиться