O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda yangi xizmat turlari joriy etilmoqda

2019-03-06 | Jamiyat

Bugun barcha sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda. Albatta, ishning unumli boʻlishi va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishda bu eng qulay va zamonaviy usuldir.

Shunga asosan “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi Jahon banki ishtirokida “Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasini amaliyotga tatbiq etmoqda. Unga koʻra, kadastr tizimlarini modernizatsiyalash ishlarini amalga oshirish boshlangan. Bu jarayonda yangi xizmat turlarini tashkil etishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Masalan, oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etishning anʼanaviy usuli va “KADASTR XIZMATI 2.0” avtomatlashtirilgan axborot tizimi shular jumlasidan.
 
Bugungi kunda bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida “KADASTR XIZMATI 2.0” axborot tizimi ishlab chiqilgan. Joriy yilning 5 mart holatiga koʻra, Davlat xizmatlari markazlari orqali jami 384 254 ta ariza kelib tushgan. Ijobiy yakunlangan arizalar soni 69 047 ta, salbiy yakunlanganlari 40 384 ta, toʻlov kutilayotgan arizalar soni 47 029 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, 197 870 ta ariza oʻrganish jarayonida ekanligi maʼlum qilingan. Ushbu aksiya joriy yilning 1 may sanasigacha davom etadi.
 
Milliy matbuot markazida oʻtkazilgan anjumanda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining bugungi kun islohotlaridan kelib chiqib, amalga oshirilayotgan ishlari haqida maʼlumot berilar ekan, bunda “Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasining maqsad va vazifalari hamda uning amaliy ahamiyatiga asosiy urgʻu berildi.
 
Unda soʻz olgan qoʻmita raisi oʻrinbosari Sh.Habibullayev va boshqalar mamlakatimizda kadastr hisobini yuritish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, axborot resurslari va tizimlarining tezkor rivojlanishini taʼminlash, davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari va aholiga sifatli interfaol davlat xizmatlari taqdim etishning mazmun-mohiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
 
– Bugungi tadbir sohadagi yangiliklarni maʼlum qilish bilan bir qatorda kelgusida qilinadigan ishlarni rejalashtirishga imkon berdi, – dedi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi huzuridagi “Geoinfokom” davlat unitar korxonasi direktori oʻrinbosari Dilrabo Dadayeva. – Faoliyatimizni yanada takomillashtirishda xalqaro tajriba juda qoʻl kelmoqda. Masalan, Jahon banki vakillari bilan hamkorlikda koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimini modernizatsiyalash borasida boshlagan ishlarimiz yanada samarali boʻldi. Avvallari koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda qogʻozbozlik, idorama-idora sarson boʻlishlar kuzatilgan boʻlsa, endilikda raqamli texnologiyalar asosida koʻchmas mulk egalarining muammolari bir zumda hal etilayotir.
 
Anjumanda sohaga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

N.ZIYODULLAYEVA, OʻzA muxbiri

Поделиться