O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fransiyaning delegatsiyasi “Oʻztoʻqimachiliksanoat“ uyushmasiga tashrif buyurdi
2019-03-05 | Iqtisodiyot
“Oʻztoʻqimachiliksanoat“ uyushmasida Fransiyaning Oʻzbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim hamda Fransiyaning “Bpifrance“ davlat investitsiya banki mintaqaviy boʻlimi direktori janob Emmanuel Breshard boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Fransiya tomoni uchrashuvda soʻnggi yillarda respublikaning iqtisodiy yutuqlarini, shuningdek, davom etayotgan siyosiy islohotlarni, biznes uchun qulay muhit yaratilgani va investitsion jozibadorlikni alohida taʼkidladi.
Delegatsiya vakillari Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi va toʻqimachilik sohasidagi hamkorlik loyihalarini moliyalashtirishni taklif qildi. Xususan, oʻzbek bozoriga fransuz texnologiyalari va uskunalari etkazib berish masalasi alohida muhokama qilindi.
Uchrashuvdan soʻng toʻqimachilik sanoati sohasida qoʻshma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun Fransiyadagi yirik kompaniyalar va moliyaviy institutlarni jalb qilish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.