O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi iqtisodiy islohotlarni maʼqulladi

2019-03-05 | Iqtisodiyot

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) Albert Yeger rahbarligidagi missiyasi mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishi va rasmiy organlar ishlab chiqqan islohotlar rejasini muhokama qilish uchun Toshkentda boʻldi. Missiya tashrif yakuni boʻyicha quyidagi bayonotni berdi:

– Biz 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasiga asoslangan iqtisodiyotni isloh qilishga doir kompleks rejalarini maʼqullaymiz, – deydi Albert Yeger. – Ushbu rejalarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi iqtisodiyotning sifatli ish oʻrinlari tashkil qilish va barqaror oʻsishni taʼminlash qobiliyatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.
 
Iqtisodiy oʻsish haqida aytadigan boʻlsak, bizning fikrlarimiz ijobiy. Xususan, yuksalishning uchta asosiy koʻrsatkichlari Oʻzbekistondan kuzatilmoqda. Yalpi ichki mahsulot hajmini oʻsishi, yangi ish oʻrinlari yaratilishi va tashqaridan investitsiyalar kiritilishi shular sirasidandir.
 
Yana bir fikrni aytishim kerak. 2018 yilda kreditlash jarayoni 50 foizga oʻsgan. Bunday yuqori koʻrsatkich iqtisodiyot uchun yaxshi natijalarga olib kelmasligi mumkin. Lekin, Oʻzbekiston islohotlar davrini boshdan kechirayotganini hisobga olsak, bu tabiiy jarayon. Lekin, nazoratsiz pul berib boʻlmaydi. Koʻp miqdorda kredit berilishi va uni nooʻrin sarflanishi inflyatsiya xavfini oshirib, narx-navo oʻsishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun kreditlash jarayonida chegara boʻlishi lozim. Ayni vaqtda bu haqida Oʻzbekiston hukumati bilan fikr almashdik. Tavsiyalar berdik. Oʻzbekiston hukumati albatta bu borada chora-tadbirlar koʻrmoqda.
 
Inflyatsiya boʻlmasligi uchun olingan kreditlarni bozorga sarflash emas, balki moddiy koʻrinishga keltirish lozim. Misol uchun, bino-inshootlar qurish, texnologiyalar yaratish yoki ilm uchun sarflanishi kerak. Shunday qilib, missiya Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yaqinda qabul qilgan pul-kredit siyosatini, jumladan, qayta moliyalashtirish stavkasini 16 foizgacha oshirish hisobidan qatʼiylashtirish choralarini ijobiy baholadi.
 
Mazkur fikrlar Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kelishuvi moddalarining IV moddasi boʻyicha konsultatsiyalar doirasidagi jamgʻarma missiyasi tashrifi yakunlariga bagʻishlangan press-konferensiyada maʼlum qilindi. Uni Oʻzbekiston Moliya vazirligi va Markaziy bank tashkil etdi.
 
Sayyora Shoyeva, OʻzA

Поделиться