O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Harbiy kadrlar tayyorlash tizimi takomillashmoqda
2019-03-05 | Ta’lim
Mudofaa vazirligi tizimidagi barcha oliy harbiy taʼlim muassasalarida 2018-2019 oʻquv yilining birinchi yarim yilligi yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi.
Mazkur tadbir mudofaa vazirining oʻrinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligida olib borildi. Yigʻilishda Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi ofitserlari, barcha oliy harbiy taʼlim muassasalarining boshliqlari, ularning oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, kafedra va sikl boshliqlari, professor-oʻqituvchilar qatnashdi.
Tadbir davomida harbiy taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiyaning 2018-2019 oʻquv yili birinchi yarim yilligi davridagi tahlili, oʻquv jarayonidagi tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari muhokama qilindi.
Jumladan, yigʻilish davomida harbiy xizmatchilarni oʻqitish, ularga taʼlim berish, professional jihatdan qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogik va ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, shuningdek, joylarda taʼlim sifatini yaxshilashga toʻsqinlik qilayotgan bir qator institutsional va tashkiliy muammolar mavjudligi taʼkidlandi.
Shu bilan birga maʼruzachilar tomonidan taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, dunyoqarashi va fikrlash doirasi keng mutaxassislarni hamda yuqori professional oʻqituvchilarni tayyorlash boʻyicha bir qancha taklif va tavsiyalar taqdim qilindi.