Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti vakillari Vengriyaning Obuda universitetida muzokara oʻtkazdi.
Uchrashuvda Obuda universiteti bilan taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlari asosida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilarning malaka va tajriba almashuvini tashkil etish, ERASMUS+ xalqaro kredit mobillik loyihasi va Vengriya milliy granti doirasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama qilindi.
2019/2020 oʻquv yilidan “Smart Agriculture” va “Geoinformatics” mutaxassisliklari qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida ikki tomonlama (Double degree) va qoʻshma diplom (Joint degree) dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashga kelishib olindi.