O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va Bosh prokuratura Akademiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2019-03-01 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi hamda Bosh prokuratura Akademiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Tadbir davomida tomonlar kadrlarni tayyorlash, professional qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Oʻzaro hamkorlik masalalari yuzasidan ilmiy-tadqiqot loyihalarida birgalikda ishtirok etish, oʻquv-metodik ishlarda ilmiy-amaliy tajriba almashish, shuningdek, masofaviy oʻqitishni tashkil etish masalalarida hamkorlikni mustahkamlash maqsad qilingan.

Memorandum asosida davra suhbatlari, seminarlar-treninglar, konferensiyalar tashkil etish, zarur axborotlarni tizimli almashish, amaliy tajriba bilan oʻrtoqlashish, stajirovka va maslahatlashuvlar oʻtkazish, dolzarb masalalar boʻyicha ilmiy tadqiqot loyihalari hamda grantlarda ishtirok etish koʻzda tutilgan.

Поделиться