O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki guruhining delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-03-01 | Iqtisodiyot

26-fevral kuni Moliya vazirligida Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezident Siril Myuller boshchiligidagi Jahon banki guruhining (WB) delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: Siril Myuller, bu lavozimda 2015-yil 1-iyuldan ishlab kelmoqda. Bunga qadar, 2011-yildan 2015-yilgacha tashqi va korporativ aloqalar boʻyicha vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.

Mehmonlar tomonidan Jahon bankining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori va vitse-prezidentning maxsus yordamchisi Stiven Djoui ishtirok etdilar.

Uchrashuv boshida delegatsiya rahbari respublika bosh vazirining oʻrinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorovni suveren yevrobondlar muvaffaqiyatli chiqarilgan munosabati bilan tabrikladi.

Uchrashuvda Siril Myuller mamlakatimiz rahbari bilan 2018-yil iyul oyida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Jahon banki mamlakatimizning iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish sohasida texnik yordam koʻrsatish boʻyicha kelishuvga erishilgani taʼkidlab oʻtildi.

Hozirgi muzokaralarda IBL loyihalari (davlat moliyasini va davlat korxonalarini boshqarishni kuchaytirishga, shuningdek ularni xususiylashtirishga qaratilgan institutsional rivojlanish uchun kredit) va DPO (Bozor islohotlarini rivojlantirish siyosatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha) loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2019-2021-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari “Yoʻl xaritasi“ni bajarilishi boʻyicha Iqtisodiy kengash faoliyati muhokama qilindi. Mazkur Kengash Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 8-yanvardagi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ gi Farmoni bilan tashkil etilgan.

Поделиться