O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻz SSPda Turkiyaning “UMY Danışmanlık İç ve Dış Ticaret Limited Şirketi” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2019-03-01 | Iqtisodiyot
Turkiyaning “UMY Danışmanlık İç ve Dış Ticaret Limited Şirketi” kompaniyasi hamda Kazan sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi aʼzolari 2019-yil 25-27-fevral kunlari oʻzbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekistonda tadbirkorlik bilan shugʻullanish imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
26-fevral kuni turkiyalik tadbirkorlar Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari I.Jasimov tomonidan qabul qilindi. Turkiyalik ishbilarmonlarga mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda biznes yuritishning imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Shuningdek, Palata binosida Turkiya ishbilarmonlarining mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tadbirkorlar oʻrtasida ishlab chiqarish va savdo sohasida hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.