O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston-Britaniya kengashining 24-sessiyasi boʻlib oʻtdi

2019-03-01 | Iqtisodiyot

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Elyor Gʻaniyev va Birlashgan Qirollik Parlamentining Lordlar palatasi aʼzosi, Buyuk Britaniya Bosh vazirining Oʻzbekiston bilan iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha maxsus vakili baronessa E.Nikolson raisligida Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston-Britaniya kengashining 24-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida Britaniyaning “BAT Uzbekistan (Investments) Ltd.”(BATU(I)) kompaniyasi hamda ayni paytda quritilgan sabzavotlar, mevalar va giyohlarni qayta ishlash, eksport qilishga ixtisoslashgan “Samfruit” MCHJ Oʻzbekiston-Shveysariya korxonasining (Samarqand viloyati) asosiy mulkdori boʻlmish Shveysariyaning “New Product International” kompaniyasi ishtirokida chet el korxonasini tashkil qilish haqida kelishuv imzolandi.

Imzolangan kelishuvga muvofiq, BATU(I) kompaniyasi “Samfruit” XK hammuassislari tarkibiga kiradi va dastlabki bosqichda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, shu jumladan, sublimatsion va havoda quritish, qadoqlash va oʻrash boʻyicha zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalarni sotib olish, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarish uchun 11 mln. AQSH dollarini investitsiyalashni rejalashtirgan.

Bunday investitsiyalar XK ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 700 dan 4 000 tonnagacha quritilgan sabzavotlar, mevalar va giyohlarni ishlab chiqarishgacha oshirish imkonini beradi.

Investitsiya dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish tugallangandan soʻng “Samfruit” XKning prognozlanayotgan eksportdan oladigan foydasi bir necha baravarga oshishi lozim. Hozirgi paytda korxonada 50 kishi ishlayotgan boʻlsa, kengaytirilgan ishlab chiqarishda 100ta doimiy va 150 ta mavsumiy xodimlar ishlaydi.

Kelishuv “British Amerikan Tobakko” kompaniyalar guruhining Markaziy Osiyo, Kavkaz, Ukraina, Belarus, Moldova submintaqasi boʻyicha boshqaruvchi direktori Saymon Uelford va “Samfruit” MCHJ Bosh direktori Denis Samarin tomonidan imzolandi.

Bu loyiha, shuningdek, britaniyalik boshqa potensial investorlar uchun oʻz mablagʻlarini Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi “Nou-xau”larga yanada faol kiritishga undaydigan ijobiy omil boʻladi.

MAʼLUMOT UCHUN. “Samfruit” MCHJ Oʻzbekiston Shveysariya qoʻshma korxonasiga 2002 yilda asos solingan. Bugungi kunda korxona mulkida Samarqand viloyatining Samarqand tumanida 10 gektardan ortiq maydondagi zavod, shuningdek, Nurobod tumanida umumiy maydoni 234 gektarlik “Samfrut-Organik” fermer xoʻjaligi bor.

Bu yerda organik mahsulot yetishtiriladi, bu mahsulot har yili Institute for Marketecology (Shveysariya) inspektorlarining sertifikatsiyasidan oʻtadi.

“BATUzbekistan (Investments) Limited” (London, Buyuk Britaniya), 1994-yil 22-noyabrda davlat ishtirokidagi qoʻshma korxona shaklida tuzilgan “UZBAT A.O.” QK AJ Oʻzbekiston-Britaniya qoʻshma korxonasining hammuassisidir.

BATU(I) yetakchi xorijiy investorlarning bittasi va Oʻzbekiston iqtisodiyotining yirik investori boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarining umumiy hajmi 400 million AQSH dollaridan ortiq.

Поделиться