O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Suv xoʻjaligi vazirligida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv oʻtkazildi

2019-02-28 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi ekologik faoliyati samaradorligining Uchinchi sharhi uchun maʼlumot toʻplash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlari mamlakatimizga tashrif buyurdi. Janob Antuan Nunesh boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari turli vazirlik va idoralarda boʻlib, uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

2019-yil 26-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligida boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YEIK) ekspertlariga vazirlik oldida turgan asosiy vazifalar, xususan, respublikamizda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, bu borada aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Ekspertlar guruhlarga boʻlingan holda vazirlikning tegishli boshqarma va boʻlimlari mutaxassislari bilan oʻzaro fikr almashdi. Muhokamalarda mamlakatimizda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, jumladan, transchegaraviy daryolardan xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlariga rioya etgan holda adolatli va oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini oshirish choralarini koʻrish, suv xoʻjaligi tizimiga ilm-fan yutuqlari, resurs-tejovchi zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor tajribalarni, innovatsion usullarni keng joriy qilish kabi yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Ekspertlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik mutaxassislaridan javob oldilar.

Qisqacha maʼlumot: Ekologik faoliyat samaradorligi sharhi (EFSSH) – biron-bir mamlakatda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha erishilgan yutuqlarni baholash jarayoni boʻlib, BMT YEIK tomonidan 1994-yildan beri amalga oshirib kelinadi.

Oʻzbekiston 2001-yildan beri EFSSH dasturida ishtirok etib keladi. Oʻzbekiston Respublikasida Ekologik faoliyat samaradorligining ikkinchi sharhi 2009-yilda tayyorlangan.

Поделиться