O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat statistika qoʻmitasida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2019-02-27 | Jamiyat
Joriy yilning 26-fevral kuni Davlat statistika qoʻmitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich bilan Albert Yeger boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda, Oʻzbekistonda “Yigʻma maʼlumotlar milliy sahifasi”ning yuritilishi, milliy hisoblar tizimi, isteʼmol narxlari indeksi boʻyicha masalalar muhokama etildi.
Missiya vakillari, uchrashuv davomida qoʻyilgan barcha savollar boʻyicha toʻliq javob va tushuntirishlar oldilar.
Uchrashuv yakunida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi vakillari Davlat statistika qoʻmitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.
Uchrashuv iliq va doʻstona ruhda oʻtdi.