O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Birlashgan Vena institutida “Tabiiy resurslarga boy mamlakatlarda makroiqtisodiy boshqarish” mavzusida oʻquv kursi oʻtkazildi

2019-02-27 | Jamiyat

2019-yilning 11-22-fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida Birlashgan Vena institutida “Tabiiy resurslarga boy mamlakatlarda makroiqtisodiy boshqarish” mavzusida oʻquv kursi oʻtkazildi.

Unda 10ta davlatdan (Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Ruminiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, Shveytsariya) 29 ta mutaxassislar ishtirok etdilar.

Oʻquv kursida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi boʻlimi boshligʻi – Zuхra Mamadjonova ishtirok etdi.

Mazkur ikki haftalik kursda tabiiy resurslarga boy mamlakatlarda makroiqtisodiy boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularni joriy qilish masalalari oʻrganib chiqildi. Kurs dasturi maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlar, bahs-munozaralar va tajribaviy masalalardan iborat boʻldi.

Поделиться