O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan taraqqiyoti statistik tahlilda

2019-02-27 | Jamiyat

2019-yil boshidagi maʼlumotga koʻra, viloyatda 2 million 750 mingdan ziyod aholi yashaydi.

Namangan viloyati mamlakatimizda oʻzining boy oʻtmishi, madaniyati bilan ajralib turadi. 6 mart (1941-yil) viloyat tashkil topgan sana sifatida qayd etilgan. 11 tuman va 1 shaharda 771 mahalla fuqarolar yigʻini bor. 2019-yil boshidagi maʼlumotga koʻra, viloyatda 2 million 750 mingdan ziyod aholi yashaydi.
 
Viloyat iqtisodiyoti yuksalishida tadbirkorlik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Hududda 17 mingdan ziyod kichik biznes subyekti roʻyxatga olingan. 16 ming 700 ga yaqin kishi yakka tartibda tadbirkorlik bilan mashgʻul. 96 ta qoʻshma va 42 ta xorijiy korxona faoliyat yuritadi. 
 
2018-yilda viloyatda 72 ming 500 dan ziyod yangi ish oʻrni yaratildi.
 
Namangan viloyatida ijtimoiy sohaga alohida eʼtibor qaratib kelinadi. 544 maktabgacha taʼlim muassasasi bor. Ularning 118 tasi hususiy hisoblanadi. Ammo bu hali juda kam. MTMlarda bolalar qamrovining 42,6 foizligi fikrimiz dalilidir. Maktablar soni esa 685 ta boʻlib, ular 393 ming 752 oʻquvchini qabul qilish quvvatiga ega. Amalda esa 472 ming 500 ga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqda.

Поделиться