O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi USAID bilan hamkorlikda umumiy miqdori 10 mln AQSH dollaridan ortiq boʻlgan sud-huquq islohoti boʻyicha qoʻshma dasturni amalga oshirmoqda

2019-02-27 | Jamiyat

26-fevral kuni Toshkentda AQSHning xalqaro rivojlanish boʻyicha agentligi (USAID)ning Oʻzbekistondagi sud-huquq islohotiga doir dasturi taqdimoti oʻtkazildi. Tadbirda adliya vaziri R. Davletov, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun: USAIDning Oʻzbekistonda sud-huquq islohoti boʻyicha dasturi (JRUP)ning amalga oshirilishi umumiy miqdori 10 mln AQSH dollaridan oshiq mablagʻni tashkil etadi. Dastur 3 yillik muddatni oʻz ichiga qamrab olgan boʻlib, mamlakatimiz hukumatining qonun ustuvorligini taʼminlash, qonunchilik va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish hamda respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.

Dasturning asosiy maqsadlari – qonun ustuvorligini taʼminlashni qoʻllab-quvvatlash, yuristlar va sud-huquqi tizimi xodimlarining malakasini oshirish, fuqarolik jamiyati va NNT uchun qulay huquqiy muhitni shakllantirishdir.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq, Oʻzbekistonda keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Sud hokimiyati va kafolatlarining chin mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, qonunchilikni takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, huquqbuzarliklarni oldini olish, sud jarayonida tortishuvlilik tamoyilini toʻliq amalga oshirish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilish - ustuvor yoʻnalishlardan sanaladi.

USAID ning Oʻzbekistondagi sud-huquq islohotiga doir dasturining amalga oshirilishi oʻtgan yilning 8-iyunida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va USAID oʻrtasida imzolangan Qonun ustuvorligini mustahkamlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumida koʻzda tutilgan. Bu davlatimiz rahbarining AQSHga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida adliya vazirining Vashington shahrida imzolagan kelishuvlarining mantiqiy davomi boʻldi. Memorandum sud-huquq sohasidagi islohotlarini amalga oshirish va implementatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasini qoʻllab-quvvatlashda asos boʻlib xizmat qiladi.

USAIDning Oʻzbekistonda sud-huquq islohotiga doir dasturi Adliya vazirligi hamda turli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Mazkur dastur 2017-2021-yillarda Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy maqsadlarga erishishga yangicha turtki boʻladi. Xususan, sud-huquq islohotlari boʻyicha dunyodagi eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish, yuristlar salohiyatini oshirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari va NTT lar faoliyati uchun qulay muhitni yanada rivojlantirish koʻzda tutilgan. Xususan, yuristlar malakasini oshirish boʻyicha yangi imkoniyatlar yaratiladi, qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, kutubxonalar, onlayn-taʼlim va tadqiqot resurslari imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida AQSH universitetlari bilan sheriklik munosabatlari oʻrnatiladi. Shuningdek, fuqarolar va jamoatchilik ishtirokidagi nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish modellarini yaratish va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, axborot bilan taʼminlash va huquqiy islohotlarni monitoring qilish uchun fuqarolik jamiyatining imkoniyatlarini rivojlantirish masalalari ham rejalashtirilgan.

Поделиться