O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ostona shahrida Oʻzbekiston Elchixonasining binosi qurilmoqda
2019-02-27 | Siyosat
2019-yilning 26-fevral kuni Qozogʻistonda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Ostona shahrida qurilayotgan mamlakatimizning boʻlajak Elchixonasi binolari majmuasini borib koʻrdi.
Qurilish ishlari 2018-yilning may oyida Qozogʻiston poytaxtining Olma-ota tumanida boshlangan edi.
Elchixona bergan maʼlumotlarga koʻra diplomatik vakolatxona binosining qurilish ishlarini 2019-yil yakuniga qadar tugallash moʻljallangan.