O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili“dagi ustuvor vazifalar yuzasidan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

2019-02-26 | Jamiyat

2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha “Harakatlar strategiyasi”dagi vazifalar mohiyatini keng ommaga tashqi targʻibot vositalari orqali yetkazish koʻp maʼnoda yurtimizdagi barcha ijodiy uyushmalarning birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Bu borada “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi yurtimizdagi Davlat dasturlarini turli xildagi tasviriy vositalari bilan amalda targʻib etib kelmoqda. 

Uyushmaning oʻtgan va joriy yilda amalga oshirgan va oldiga qoʻygan ustuvor vazifalari yuzasidan Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Unda “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari muharrirlari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Kengashi oʻrinbosari Oʻtkir Ramatov, Buxoro viloyat hokimi birinchi oʻrinbosari Farxod Umarov, hamda viloyat tashkilot va jamoat birlashmalari vakillaridan iborat 500 dan ortiq kishi bevosita ishtirok etishdi.

Seminarda uyushma tomonidan mamlakatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlik va islohotlar jarayonini namoyish qiluvchi koʻrgazmalarning tutgan oʻrni, hamda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bagʻishlangan koʻrgazmali namoyish boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, ular yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Поделиться