O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar markazini qurish uchun tamal toshi qoʻyildi
2019-02-26 | Jamiyat
Joriy yilning 23-fevral kuni Guliston shahrida boʻlib oʻtgan yana bir tadbir bu zamonaviy “Yoshlar markazi” qurilishiga tamal toshi qoʻyishga bagʻishlandi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Q. Quronboyev, viloyati hokimi Gʻ. Mirzayev, nuroniy faollar hamda faol yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat hokimi Gʻ.Mirzayev soʻzga chiqib, yurtboshimizning yoshlarga berayotgan eʼtiborlari, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda viloyatimizda quriladigan yoshlar markazi buyuk maqsadlarni koʻzlab, chin maʼnoda tarbiya maskaniga, maʼnaviyat maydoniga, shijoat va kuch qaynaydigan joyga aylanadi deb taʼkidlab oʻtdilar. Shuningdek mamlakatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi chogʻida muhtasham va koʻplab ijobiy jihatlari bilan ajralib turadigan markaz qurilishi loyiha taqdimoti qilinganligini aytib oʻtdilar.
Tadbirda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q. Quronbayev ham viloyat ahlini, keng jamoatchilikni, yoshlarni markaz qurilishiga tamal toshi qoʻyilishi bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida yoshlar markazi quriladigan joyga ramziy qoziq qoqildi. Eng asosiysi qurilajak yoshlar maskanida 22 ta toʻgarak faoliyat yuritib, yoshlarning axborot texnologiyalari bilan yanada mukammal shugʻullanishlariga alohida eʼtibor qaratiladi.