O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

PISA xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik seminari ishtirokchilarga nima berdi?

2019-02-26 | Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, Respublika taʼlim markazi hamda Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislaridan iborat 20 kishilik guruh taʼlim sifatini baholash yuzasidan PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS va boshqa xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Rossiya tajribasini oʻrganish maqsadida Moskva shahrida seminar-treningda qatnashib keldi. Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar berildi.

Jahon banki va Rossiya trening markazi bilan hamkorlikda “Taʼlim sifatini baholash tizimida xalqaro solishtirma tadqiqotlar - maktab taʼlimini takomillashtirish mexanizmi sifatida” mavzusida seminar-treninglar joriy yil 18-22 fevral kunlari Moskva shahrida oʻtkazilgan boʻlib, unda taʼlim sifatini baholash va xalqaro tadqiqotlar sohasidagi yetuk mutaxassislar hamda xalqaro ekspertlar tomonidan maʼruza, davra suhbatlari tashkil etildi.
 
Xoʻsh, mazkur seminarning ishtirokchilarga foydali tomoni nimada? Seminar davomida qanday mavzular oʻrtaga tashlandi? Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshidagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi rahbari A.Ismoilovning aytishicha, seminarda global oʻzgarishlar davrida turli darajadagi taʼlim sifatini baholash tizimining rivojlanish tendensiyalari, taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro solishtirma tadqiqotlarda Rossiyaning ishtiroki, taʼlim tizimining salohiyatini oshirish imkoniyatlari, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro solishtirma tadqiqotlar natijalarining kompleks tahlillari, oʻquvchilarning oʻqish, tabiiy fanlar, matematik va ijodiy fikrlash savodxonligini baholash, xalqaro tadqiqotlar metodologiyasi va baholash mezonlaridan milliy oʻquv-uslubiy va oʻlchov materiallarini yaratishda foydalanish, Rossiya Federatsiyasida taʼlim sifatini baholashning strategik yoʻnalishlari va boshqa qiziqarli hamda dolzarb mavzular boʻyicha mazmunli maʼruza va mashgʻulotlar olib borilgan. Shuni taʼkidlash lozimki, taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA hamda PIRLS xalqaro tadqiqotlarida Oʻzbekiston taʼlim tizimi ilk bor ishtirok etayotganligi sababli, oʻqituvchilar va oʻquvchilar orasida mazkur tadqiqotning mazmun-mohiyati, nazorat-sinov instrumentlari haqida turlicha tushunchalar va tasavvurlar mavjud. Oʻz navbatida mazkur tasavvurlarning qanchalik toʻgʻri hosil boʻlishi 2021 yilda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan tadqiqotlarga samarali tayyorgarlik koʻrishda muhim omil hisoblanadi.
 
Seminarlarning oʻziga xos xususiyatlari shundan iborat boʻldiki, unda ishtirokchilar PISA, PIRLS tadqiqotlarining instrumentlari bilan tanishish hamda ularni amalda qoʻllab koʻrish imkoniyatiga ega boʻldi. Ishtirokchilarga PISA hamda PIRLS tadqiqotlarining mazmun-mohiyati haqida atroflicha maʼlumot berish bilan birga, kompyuter va qogʻozga asoslangan jarayonlarda sinov instrumentlarini amaliyotda sinab koʻrilgani, ishtirokchilarning kompyuterda oʻtkaziladigan tadqiqotlar jarayonlari haqidagi tushunchalarini rivojlanishiga xizmat qildi. Bu esa oʻz navbatida mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda oʻquvchilarning oʻrniga oʻzini qoʻyib koʻrish, shu bilan birga kelgusida tadqiqotlarga muvaffaqiyatli tayyorgarlik koʻrishda alohida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar haqida kengroq tasavvurlarga ega boʻlishda muhim ahamiyat kasb etdi.
 
Seminar davomida, xalqaro ekspert va mutaxassislar tomonidan, maktablar reytingini oʻrganishda ularning ixtisoslashuvi, joylashuvi kabi omillarni hisobga olgan toifalarga ajratishga eʼtibor qaratilishi, taʼlim sifati nafaqat oʻqituvchi-oʻquvchi munosabatlariga, balki atrof-muhit va shart-sharoitga ham bogʻliqligi, oʻqituvchi ish rejasini shakllantirishda oʻquvchilarda mazkur mavzularni hayotga tatbiq eta olish koʻnikmalarini rivojlantiruvchi maqsadlarni belgilab olishi lozimligi, oʻqituvchilarning psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va motivatsiyalash, xalqaro tadqiqotlar natijalariga past koʻrsatkichli maktablarni jazolash maqsadida emas, aksincha keyinchalik taʼlim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishga yordam beradigan tahliliy maʼlumotlar olinishida koʻmakchi sifatida qaralishi, oʻquvchilarga aynan PISA sinovlariga va muayyan dasturda yaxshi natija koʻrsatishga emas, balki, ularni maktabdan keyingi hayotga tayyorlanayotganini tushuntirishga eʼtibor qaratish, oʻqituvchilik faoliyatiga aniq mezonlar asosida tanlab olish, maktab direktorlari va oʻqituvchilarini vaqti-vaqti bilan rotatsiya qilish orqali taʼlim sifatini oshirishga erishish, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayonida taʼlim tizimining kuchsiz tomonlariga eʼtibor qaratib, kuchli tomonlarini ham eʼtibordan chetda qoldirmaslik hamda uni qadrlashi lozimligi hamda boshqa fikrlar bildirildi.
 
Taʼlim yutuqlarini baholashdagi konseptual yondashuv, oʻlchov mezonlarini oʻziga xos tomonlari va xususiyatlari, kontekst maʼlumotlarini yigʻishdagi oʻziga xos xususiyatlarni oʻrganish toʻgʻrisida maʼlumotlar berilib, taʼlim xususiyatlarini baholashda oʻzgarishlar tendensiyasini hisobga olish, yaʼni bilim, koʻnikma va malakani baholashdan savodxonlik va kompetensiyani baholashga oʻtish, baholash va uning mezonlarini konseptual chegaralarini oʻzgartirish, maʼnoli matnga ega hamda strukturali topshiriqlar miqdorini oshirish, elektron va interfaol topshiriqlar asosida texnologiyani oʻzgartirish, taʼlimdagi ustuvorlikni oʻzgartirib borish, funksional savodxonlikni rivojlantirishga oʻtish kabi qarashlar ham maʼruzachilar tomonidan bildirildi.
 
Rossiya milliy taʼlim tizimini rivojlantirish, Rossiya taʼlimining xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan loyihalari, jumladan “Zamonaviy maktab” loyihasi haqida maʼlumotlar berildi. Mazkur loyiha umumiy oʻrta taʼlim tizimida turli taʼlim texnologiyalari, oʻqitish va taʼlim tarbiyaning yangi metodlarini joriy qilish, oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan qiziqishi va motivatsiyasini oshirishga qaratilgan. Ushbu loyihada Rossiya Federatsiyasining barcha hududlari ishtirok etayotgan boʻlib, yangi loyiha asosida maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qishloq hududlarida ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birga taʼlim standartlarini yangilash koʻzda tutilgan. Taʼlim standartlarini takomillashtirishda xalqaro ilgʻor tajribalar, jumladan zamonaviy tadqiqotlar talablariga alohida eʼtibor qaratilishi belgilanganligi taʼkidlab oʻtildi.
 
Oʻrganilgan xalqaro tajribalar asosida Oʻzbekiston hududlarida seminar, davra suhbatlari oʻtkazilishi asosida targʻibot-tashviqotlar olib borilishi, maktablar jamoalariga xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha atroflicha maʼlumotlar berilishi rejalashtirilgan.
 
Jahon bankining READ dasturi bilan hamkorlikda xalqaro tadqiqotlar doirasidagi yoʻnalishlar boʻyicha Rossiyalik ekspertlar guruhi joriy yilning aprel oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurishi, unda bevosita umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning malakasini oshirish, oʻquv hamda nazorat sinov materiallari ishlab chiquvchi ijodiy guruhlar uchun oʻquv kurslari tashkil etilishi, metodik yordam koʻrsatish, maslahatlar berish orqali ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash rejalashtirilgan.

Поделиться