O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va AQSh: amaliy muloqot davom etmoqda

2019-02-26 | Siyosat

2019-yil 25-fevral kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning AQShning demokratiya va inson huquqlari masalalari bo‘yicha davlat kotibi yordamchisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Maykl Kellexer bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda demokratiyani yanada rivojlantirish hamda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, AQSh mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga, majburiy mehnatning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi va mazkur yo‘nalishda ikki tomonlama muloqotni faollashtirishdan manfaatdor. 

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilar ekan, Prezident vakolatlarining bir qismini parlamentga o‘tkazish, jumladan, hukumat a’zolarini tasdiqlash, shuningdek ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar jamiyatni yanada demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlarini chuqurlashtirishga ko‘maklashishi ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, AQSh O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda 2018-yil may oyida O‘zbekiston-Amerika sammitida erishilgan kelishuvlar asosida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish niyatidadir. AQSh Kongressidagi “O‘zbekiston bo‘yicha Kokus” parlamentlararo hamkorlikni ko‘p jihatdan mustahkamlashga ko‘maklashishi ta’kidlandi.

Maykl Kellexer mamlakatni barqaror rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni davom ettirish uchun O‘zbekiston Rahbariyati tomonidan qabul qilingan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar ahamiyatiga alohida urg‘u berdi. Shuningdek, u bolalar mehnatiga barham berishda kuzatilayotgan yutuqlarga va mamlakat hukumati tomonidan O‘zbekistonda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarning ijobiy natijalariga yuqori baho berdi.

Tomonlar demokratiyani yanada mustahkamlash va inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ikki tomonlama amaliy muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdilar.

Поделиться