O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bahrayndagi vazirliklararo maslahatlashuvlar toʻgʻrisida

2019-02-25 | Siyosat

2019-yilning 24-fevral kuni Manama shahrida Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida shartnoma-huquqiy masalalar boʻyicha Oʻzbekiston-Bahrayn maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar chogʻida mavjud yuridik bazani inventarizatsiya qilishdan tashqari siyosiy, iqtisodiy, turizm sohalaridagi va boshqa yoʻnalishlardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni istiqbolda kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Bahrayn Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasiga Vazir oʻrinbosarining yordamchisi, Elchi Tavfiq al-Mansur hamda Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik qilish departamenti direktori Muna Abbas Mahmud Roziy boshchilik qildi. Tadbirda Bahrayn turizm va koʻrgazmalar agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Maslahatlashuvlar chogʻida imzolangan bitimlarning huquqiy maqomiga aniqlik kiritildi va ularni samarali amalga oshirilishini taʼminlash uchun ikki mamlakat tegishli idora va tashkilotlarining faoliyatini jadallashtirishga kelishib olindi.

BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, ikki mamlakatning xalqaro normativ hujjatlarni ishlab chiqishdagi ishtiroki (xalqaro huquq normalarining kodifikatsiyasi va ilgʻor rivojlanishi) toʻgʻrisida maʼlumot almashildi.

Oʻzbekiston TIV delegatsiyasi Bahrayn Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari yordamchisi general-mayor Muhammad Roshid Buxumud bilan ham uchrashuv oʻtkazdi. Unda ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Hukumatlar oʻrtasidagi Uyushgan jinoyatchilik va jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashishdagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim loyihasi moddama-modda koʻrib chiqildi va kelishildi.

Shuningdek, Bahrayn Savdo-sanoat palatasining xalqaro munosabatlar departamenti boshligʻi Vafa Ali boshchiligidagi vakillari bilan ham muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Chet ellik hamkorlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, eksportni ragʻbatlantirish va turizm sohasini rivojlantirish borasidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumot berildi.

83 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlarini birlashtiruvchi Bahrayn Savdo-sanoat palatasi vakillari, oʻz navbatida, mehmonxona biznesi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish sohalaridagi istiqbolli investitsion loyihalarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatishga qiziqish bildirdi.

Поделиться