O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi

2019-02-25 | Iqtisodiyot

Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatmayotgan va foydalanilmasdan turgan obyektlar mulkdorlari, barcha darajadagi rahbarlarning mazkur obyektlardan oqilona va maqsadli foydalanilishi boʻyicha masʼuliyatini kuchaytirish, shuningdek, korxonalarni faol xoʻjalik faoliyatiga jalb etish hamda shu asosda yangi ish oʻrinlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu yoʻlda Prezidentimizning 2018-yil 4-sentabrdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga 2018-yilning 18-dekabrida oʻzgartirish kiritilib, unga asosan yuridik va jismoniy shaxslarga – mol-mulk va yer soliqlarini ikki karra miqdorda toʻlash, 6 oy oʻtgandan soʻng – besh karra, 12 oy oʻtgandan soʻng va keyinchalik – oʻrnatilgan stavkaga nisbatan oʻn karra miqdorda toʻlashga oʻtkazish belgilandi.

Qarorga muvofiq, taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllashda yuridik shaxslar – soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni umumbelgilangan tartibda toʻlashga oʻtdilar. Shuningdek, qonunchilikka koʻra taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalarining amal qilishi toʻxtatildi.

Shuni taʼkidlash joizki, foydalanilmayotgan obyektlarning mulkdorlari – soliq toʻlovchilar tomonidan tegishli shakldagi soliq hisob-kitoblari taqdim etilmagan taqdirda davlat soliq organlariga mol-mulk va yer soliqlarini oshirilgan stavkalar boʻyicha hisoblash va hisoblangan summalarni ularning shaxsiy kartochkalariga kiritish huquqi berildi.

Inventarizatsiyadan oʻtkazish paytida binolar va noturarjoy xonalari umumiy maydonining 50 foizdan koʻprogʻi (bir bino yoki noturarjoy xonasi konturi doirasida) tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish)da foydalanilmay kelingan boʻlsa, boʻsh turgan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida eʼtirof etiladi.

Xullas, inventarlashdan soʻng Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi obyektdan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni taqdim etish haqida mulkdorga soʻrovnoma yuboradi. Mulkdor 2 oylik muddatda “yoʻl xaritasi” koʻrinishida javob berishi kerak va unda ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish obyektini barpo etish, obyektni aniq ijarachilarga taqdim etish, muayyan investorlar (sheriklar)ni jalb etish va h.k. nazarda tutilishi mumkin. Foydalanilmayotgan obyekt faoliyatini tiklashning aniq muddatlari va moliyalashtirish manbalarini koʻrsatish talab etiladi.

“Yoʻl xaritasi” taqdim etilmagan taqdirda idoralararo komissiya yuqorida koʻrsatilgan taʼsir choralarini qoʻllash haqida xulosa chiqaradi. Mulkdor xulosa bilan tanishganidan keyingi oydan boshlab, unga nisbatan yuqorida koʻrsatilgan taʼsirchan soliq choralari qoʻllaniladi.

Tadbirkorlik subyektlariga ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish vazifasi yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aybiga koʻra investitsiya loyihasini amalga oshira olmagan mulkdorlarga nisbatan taʼsir choralari qoʻllanilmaydi.

“Yoʻl xaritasi”ni taqdim etgan va amalga oshirishni boshlaganlar mulkdorlardan idoralararo komissiyaning mulkdor tomonidan “yoʻl xaritasi” taqdim qilingan, shuningdek, uning amalga oshirilishi haqidagi xulosasi sanasidan keyingi kalendar choragidan boshlab sanksiyalar olib tashlanadi.

Поделиться