O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ishonch telefoni” boʻyicha chop etilgan maqola yuzasidan Adliya vazirligining munosabati

2019-02-25 | Jamiyat

Adliya vazirligida 2018-yilda jismoniy va yuridik shaxslardan “ishonch telefoni”ga kelib tushayotgan murojaatlarni markazlashgan holda qabul qilish maqsadida 1008 qisqa raqamli “Call center” xizmati tashkil qilindi.

“Call center” koʻp kanalli boʻlib, u orqali oʻzbek va rus tillarida xalqimizga xizmat koʻrsatib kelinmoqda.

“Call center” tashkil etilgandan davrdan buyon fuqarolardan va chet el fuqarolaridan, investorlardan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.

“Call center”ga tushayotgan murojaatlar haftaning dushanba kunidan juma kunigacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.

Oʻzbekiston milliy axborot agentligining saytida “Ishonch telefonlari nomigagina ishlayotgan vazirlik va hokimliklar” sarlavhali maqolasida (http://www.uza.uz/oz/society/ishonch-telefsdfgfdscvonlari-nomiga-ishlayetgan-vazirlik-va-okimlikla-22-02-2019) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 1008 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” faoliyati yuzasidan eʼtirozlar bildirildi.

Joriy yilning 18-fevral kuni Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga jami 4.082 ta murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaatlarning 3.264 tasi belgilangan tartibda qabul qilinib, “Call center”ga biriktirilgan masʼul xodimlar tomonidan real vaqt rejimida tushuntirishlar berilgan.

Agentlik muxbiri tomonidan (71) 233-36-30 raqami orqali Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga qoʻngʻiroq qilinganda, ishonch telefoniga masʼul boʻlgan xodim tomonidan boshqa fuqaroning murojaati qabul qilinayotganligi hamda unga murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish berilayotganligi maʼlum boʻldi. Bundan tashqari, vazirlik binosida taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli fuqarolarning “Ishonch telefoni”ga bogʻlanishida uzilishlar yuzaga kelmoqda. Shu sababli, Oʻzbekiston milliy axborot agentligining masʼul xodimi vazirlik “Ishonch telefoni”ga bogʻlanishda qiyinchilikka duch kelgan.

Hozirgi kunda “Ishonch telefoni“ga fuqarolar tomonidan boʻlayotgan murojaatlarning keskin oshayotgani munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan barcha qoʻngʻiroqlarga javob berish uchun texnik tomonlama imkoniyatlarni yanada yaxshilash boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Поделиться