O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Federal akademiya vitse-prezidenti tashrifi
2019-02-25 | Ta’lim
Germaniya federativ respublikasi federal akademiyasining xavfsizlik siyosati masalalari boʻyicha vitse-prezidenti Volfgang Rudishxauzer boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad ushbu oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasida istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilish.
Tadbirning rasmiy qismi Qurolli Kuchlarimiz akademiyasi tarixi, faoliyati haqidagi taqdimot bilan boshlandi. Soʻng xorijlik mehmonlar yigʻilganlarni federal akademiya bilan tanishtirdi. Har bir chiqish savol-javoblar, qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitildi.
Vitse-prezident va uning hamrohlari taʼlim muassasasi muzeyi, oʻquv xonalari bilan tanishdilar. Mehmonlar guvoh boʻlgan shart-sharoitlarga yuqori baho berishdi. Shuningdek, tashrif davomida akademiya dala-oʻquv maydonini ham koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.