O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston chempionati yangi chempionlarni kashf qildi

2019-02-25 | Sport

Poytaxtimizdagi “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuida oʻzbek jang sanʼati boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari boʻlib oʻtdi.
 

Musobaqalarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 300 nafardan oshiq sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqaning koʻrgazmali chiqish bahslarida Buxoro viloyati jangchilari mahorat bobida tengsiz ekanligini isbotladilar. Xorazm viloyati sportchilari 2-, Surxondaryo hamda Toshkent shahri vakillari 3-oʻringa munosib, deb topildi.

J.Alijonov (Sirdaryo), A.Sultonov (Qashqadaryo), D.Olimjonov (Andijon), A.Isoqov (Toshkent shahri), X.Muxtorov (Andijon), O.Ahrolov (Toshkent shahri), E.Egamberdiyev (Andijon), N.Muhammadjonov (Andijon) kabi sportchilar gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi. 

Поделиться