O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
JST vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2019-02-25 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 21-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligida, Jaxon savdo tashkiloti vakillari – Bosh direktor oʻrinbosari Alan Vulf va Kotibiyatning yangi davlatlar qoʻshilish boʻyicha departament direktori Mayka Oshikava bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbek tomoni mehmonlarni qishloq xoʻjaligini takomillashtirishga va agrar sektorda davlat rolini kamaytirishga qaratilgan islohotlar bilan tanishtirdi. Oʻz oʻrnida, A.Volf amalga oshirilayotgan islohotlarga yordam koʻrsatish maqsadida, JSTning qishloq xoʻjaligi boʻyicha mutaxassislarni taqdim etishga tayyorgarligini taʼkidladi.
Bundan tashqari, tomonlar Oʻzbekistonning JSTga aʼzolik uchun muzokaralar jarayoniga tayyorgarligi boʻyicha fikr almashdilar.