O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Hukumat delegatsiyalarining muzokaralari toʻgʻrisida
2019-02-25 | Siyosat
2019-yilning 17-22-fevral kunlari Olma-ota shahrida Oʻzbekiston-Qozogʻiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining muzokaralari boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv chogʻida davlatlar oʻrtasidagi chegarani demarkatsiya qilishning yakuniy hujjatlarini tayyorlash davom ettirildi.
Muzokaralar ikki davlat uchun anʼanaviy boʻlgan doʻstlik va hamjihatlik ruhida oʻtdi.
Yigʻilish yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.